Termosumka namunasi — 5–7 ish kuni

Namuna texnik topshiriq tasdiqlangach 1 donadan tikiladi. Seriya kroy, izolon va logotip shu namunada belgilangach boshlanadi.

Termosumka namunasi — 5–7 ish kuni

Yootex termosumkalarni Toshkentning Sergeli tumanida tikadi. Namuna 1 donadan. Muddat — odatda gabarit, izolon zichligi va logotip joyi kelishilgach 5–7 ish kuni.

Harorat necha soat saqlanishini saytda yozmaymiz. Bu izolon qalinligi, qopqoq va kuryer fermuarni necha marta ochishiga bog‘liq. Namuna aynan sizning smenangizda tekshirish uchun.

Issiq va sovuqni bitta bo‘shliqqa solmaymiz. Burger, pitsa (40 sm quti ham), sushi va qahva — alohida kroy. Muzqaymoq va sut mahsulotlari Ice Pack uchun tikiladi. Ikkalasi bir buyurtmada bo‘lsa, ikki qavatli sumka bor: yuqori va pastki qismda izolyatsiya har xil.

Dona narxi kalkulyatorda: tomonlar yig‘indisi (sm) sumka uchun 2200 ga, ryukzak uchun 2900 ga ko‘paytiriladi. 30×30×30 sm sumka — 198 000 so‘m. Logotip +20 000, oyoqchalar +10 000, bo‘linma bazani 1,05 ga ko‘paytiradi. «100 donadan chegirma» yo‘q: seriya o‘sha formula bo‘yicha, muddat esa hajmga qarab brifda belgilanadi.

Olib ketish: Nilufar ko‘chasi, 1-tor ko‘cha, 25, du–sh 9:00–18:00. Toshkent va viloyatlarga yetkazish — kelishuv asosida. Sumkalar katalogi, WhatsApp +998 90 178 17 01, hello@yootex.pro.

Yangiliklarga qaytish